Xodimlar va rollar
Har yozuvni kim kiritgani — saytdanmi, Telegramdanmi — ko‘rinib turadi.
Qurilish va remont obyektlari uchun hisob-kitob. Uy egasidan olingan pul, ustalar haqi, magazin nasiyasi va har bir chek — bitta kabinetda. Obyektdan turib Telegramda yozasiz.
cabinet.prohisob.com| Obyekt | Olingan | Xarajat | Qo‘ldagi pul | Holat |
|---|---|---|---|---|
| Yunusobod, 7-uy | 120 000 000 | 78 640 000 | 41 360 000 | ish ketyapti |
| Sergeli hovli | 95 000 000 | 61 200 000 | 33 800 000 | tugagan |
| Chilonzor, 45-xonadon | 30 000 000 | 18 750 000 | 11 250 000 | ish ketyapti |
| Jami · 3 obyekt | 245 000 000 | 158 590 000 | 86 410 000 |
Namunaviy ma’lumotlar
10 xil yozuv — hammasi bitta daftarda
Daftar ham, kalkulyator ham kerak emas — «kimga qancha berdim?» degan savol ham qolmaydi. Prorab har so‘mni o‘z joyiga qo‘yadi: kim berdi, kimga ketdi, qanchasi qo‘lda qoldi.
Ish ketayotganda foyda hali aniq emas. Aniq bo‘lgani — uy egasidan qancha olindi va haqiqatda qancha berildi. Prorab har obyektda aynan shuni ko‘rsatadi.
Har bir to‘lov — sanasi va izohi bilan kirim bo‘lib yoziladi. Dollarda olinsa, kursi izohda turadi. Uy egasiga pul qaytarilsa — u ham alohida yoziladi.
Ustaga berilgan avans, magazinga to‘langan pul, obed, kran, chiqindi tashish… Ustaga hisoblangan, lekin hali berilmagan haq xarajatni bo‘rttirib ko‘rsatmaydi.
Ustalarga va magazinlarga qarz alohida ko‘rinib turadi. Unutilmaydi, lekin qo‘ldagi pulga aralashib, hisobni chalkashtirmaydi.
Obyekt «tugagan» deb belgilanganda Prorab sof foydani o‘zi chiqaradi: qo‘ldagi pul minus qarzlar. Taxmin emas — aniq raqam.
Kelishilgan haqni bir marta yozasiz, avans va to‘lovlarni — bergan paytingizda. Kim qancha olgani va qancha qolgani har usta bo‘yicha o‘zi hisoblanadi.
Nasiyaga olingan mol, bo‘lib-bo‘lib qilingan to‘lovlar va qarz qoldig‘i — har magazin bo‘yicha alohida. Qaysi magazinga qancha qarzingiz borligini eslab yurish shart emas.
Chekni telefonda suratga olasiz yoki PDF faylni yuborasiz — u aynan shu yozuvga biriktiriladi. Bitta yozuvga bir nechta chek ham bo‘ladi.
.xlsx fayl ikki varaqli: «Yozuvlar» — daftar kabi, sana, amal va summa bilan; «Xulosa» — asosiy ko‘rsatkichlar va obyektlar kesimi. Ochasiz, ko‘rsatasiz, chop etasiz.
=SUM(E2:E8)| A | B | C | D | E | F | ||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Sana | Amal | Usta / magazin | Kirim | Chiqimberilgan | Hisoblanganqarzga | |
| 2 | 02.09 | Uy egasidan kirim | 80 000 000 | ||||
| 3 | 04.09 | Usta haqi | Botir usta | 18 000 000 | |||
| 4 | 05.09 | Magazindan xarid | Sement ombori | 3 280 000 | |||
| 5 | 05.09 | Magazinga to‘lov | Sement ombori | 3 280 000 | |||
| 6 | 06.09 | Ustaga to‘lov | Botir usta | 5 000 000 | |||
| 7 | 06.09 | Obed | 240 000 | ||||
| 8 | 10.09 | Obyekt xarajati | kran | 1 200 000 | |||
| 9 | JAMI | JAMI | 80 000 000 | 9 720 000 | 21 280 000 | ||
| 10 | Qo‘ldagi pul = kirim − chiqim | Qo‘ldagi pul | 70 280 000 | ||||
Prorab @prohisobuzbot orqali summa yozadi va chek yuboradi. Uy egasi esa shu zahoti xabar oladi — qancha bergani, qancha sarflangani va qancha qolgani bilan.
Amal, usta va obyekt — tugmalarda. Summani «2.5mln», «500k» yoki «2500000» deb yozasiz, keyin izoh va chek. Chatda doim bitta bot xabari yangilanadi — chat toza turadi.
Prorab bergan login-parol bilan botga kiradi. Faqat ko‘radi: o‘zgartira olmaydi, boshqa obyektlarni ko‘rmaydi.
Uy egasi ishonadi — hammasi shaffof.
Uy egasi ko‘radi
Ko‘rmaydi
Prorab yolg‘iz ishlamaydi: xodimlar yozadi, uy egasi kuzatadi. Shuning uchun kirish, rollar va zaxira — boshidanoq o‘ylangan.
Har yozuvni kim kiritgani — saytdanmi, Telegramdanmi — ko‘rinib turadi.
Obyektlaringiz, ustalaringiz va hisobingizni boshqa prorablar ko‘rmaydi.
Kirish vaqtincha yopiladi va har safar uzayadi:
Parollar ochiq saqlanmaydi, ulanish — HTTPS
Siz hech narsa qilmaysiz — har soatda yangi o‘zgarishlar zaxiraga olinadi. Chek rasmlari ham.
Brauzerda ochiladi — hech narsa o‘rnatilmaydi. Obyektda telefondan, ofisda kompyuterdan.
Interfeys — o‘zbekcha, hisob — so‘mda. Dollarda olingan pul kursi bilan izohda yoziladi.
Javob topmadingizmi? Telegramda yozing — tushuntirib, ko‘rsatib beramiz.
@khamdamov ga yozishQo‘ldagi pul — uy egasidan olingan pul minus haqiqatda berilgan pul (ustalarga, magazinga, obed va boshqa xarajatlar). Sof foyda esa qarzlarni ham hisobga oladi va faqat obyekt «tugagan» bo‘lganda ko‘rsatiladi — ish ketayotganda foyda hali aniq emas.
Prorab bergan login-parol bilan Telegram botga kiradi va faqat o‘ziga biriktirilgan obyektlarni ko‘radi: bergan puli, real xarajatlar (cheklari bilan) va qoldiq. Har yangi yozuvda xabar oladi.
Ustalarga va magazinga qarzlar hamda prorab foydasi unga ko‘rinmaydi. U hech narsani o‘zgartira olmaydi — faqat ko‘radi.
Yo‘q. Kabinet brauzerda ochiladi — telefonda ham, kompyuterda ham. Obyektda turib yozish uchun Telegram bot @prohisobuzbot qulay.
Ha. Prorab o‘z xodimlarini qo‘shadi. Xodim yozuv kiritadi va ko‘radi, lekin faqat o‘zi kiritgan yozuvni o‘chira oladi, sozlamalar unga yopiq. Har yozuvda kim kiritgani ko‘rinadi.
Baza har soatda avtomatik zaxiralanadi: kunlik nusxalar 30 kun, oylik nusxalar 12 oy saqlanadi, chek rasmlari ham zaxirada. Parollar ochiq saqlanmaydi, 5 marta xato kiritilsa kirish vaqtincha bloklanadi.
Hisob so‘mda yuritiladi. Summani so‘mda yozasiz, dollar miqdori va kursini izohga qo‘shasiz — masalan, «$2 400, kurs 12 500». Izoh Excel hisobotda ham chiqadi.
Kabinet brauzerda, bot Telegramda. Yozing — Prorabni jonli ko‘rsatib beramiz.
cabinet.prohisob.com