Prohisob3 ta platforma — bitta joyda

Ish — tartibda.
Pul — hisobda.

Prorablar, chizmachilar va ehtiyot qismlar do‘konlari uchun uchta platforma. Hisob-kitob, chizma va savdo — telefonda, kompyuterda va Telegramda.

Ekranlardagi ma’lumotlar — namunaviy

Obyektlar hisobi Uy rejasi chizmasi Prixod va sotuv Ustalar bilan hisob Sanuzel va quvurlar So‘m va dollar qarzlar Chek rasmlari Issiq pol va radiator Yuk xati va chek PDF
Telegram bot Elektr tochkalari Tannarx, ustama, skidka Excel hisobot Avtomatik smeta Android ilova Uy egasi kabineti DWG / DXF O‘chmaydigan tarix

Platformalar

Uchta platforma. Bitta tartib.

Har biri o‘z ishiga moslab qurilgan, lekin hammasida bir xil qoida: tez kiritiladi, aniq hisoblanadi, hech narsa yo‘qolmaydi.

01 cabinet.prohisob.com

Prorab

Har bir obyektning puli — ko‘z oldingizda.

Uy egasidan olingan pul, ustalarga berilgan avans, magazindan olingan mol — hammasi obyekt bo‘yicha yoziladi. Qo‘lda qancha pul qolgani va kimga qancha qarz borligi bir qarashda ko‘rinadi.

  • Obyekt, usta va magazin hisobi alohida
  • Har bir yozuvga chek rasmi
  • Telegram bot — obyektdan turib yozish
  • Uy egasi o‘z obyektini botda kuzatadi
02 loyiha.prohisob.com

Loyiha

Rejani chizing — tochkalarni tizim qo‘yadi.

Uy rejasini brauzerda chizasiz: devor, eshik, deraza, jihozlar. Bir tugma bilan sanuzel quvurlari, radiatorlar, issiq pol va elektr tochkalari joylashadi, smeta esa o‘zi hisoblanadi.

  • Devor, xona, o‘lcham — CorelDRAW kabi oson
  • Aqlli tugmalar: santexnika, isitish, elektrika
  • DWG/DXF ochish, DXF va PDF chiqarish
  • Mijozga faqat ko‘rish uchun havola
03 crm.prohisob.com

Zapchast CRM

Savdo so‘mda ham, dollarda ham aniq.

Ta’minotchidan kelgan tovar, mijozga sotuv, skidka va to‘lovlar bitta tizimda. Qarzlar har valyutada alohida yuritiladi, yuk xati va chek bir bosishda PDF bo‘ladi.

  • Prixod: tannarx, ustama va narx bir-biriga bog‘liq
  • Mijoz va ta’minotchi qarzlari — so‘m va $ alohida
  • A4 yuk xati va 80 mm chek
  • Android ilova ham bor

Kartalardagi ma’lumotlar — namunaviy

Uchalasida ham bor

Kerak bo‘lgan hamma narsa — tayyor.

Qaysi platformani tanlasangiz ham, asosiy narsalar bir xil darajada ishlaydi: qulay, xavfsiz va doim qo‘l ostida.

Telefonda ham, kompyuterda ham

Dastur o‘rnatish shart emas: brauzerni ochasiz va ishlaysiz. Ekran o‘lchamiga o‘zi moslashadi.

Har soatda zaxira

Ma’lumotlar har soatda avtomatik nusxalanadi. Telefon yo‘qolsa ham, kompyuter buzilsa ham — hisob joyida.

Ma’lumot faqat sizniki

Obyektlaringiz, mijozlaringiz va raqamlaringizni begonalar ko‘rmaydi — har bir prorab, firma va do‘kon alohida.

Xodimlar va rollar

Har platformada o‘z rollari bor: kim yozuv kiritadi, kim faqat ko‘radi. Har bir yozuvda kim kiritgani qoladi.

Excel va PDF

Hisobotni Excelga yuklab oling. Loyiha va Zapchast CRM tizimlarida chizma, yuk xati va chek PDF bo‘ladi.

Kirishda himoya

Parollar ochiq saqlanmaydi, ketma-ket xato urinishlar bloklanadi, ulanish HTTPS orqali shifrlanadi.

O‘zbek tilida

Interfeys, hisobot va hujjatlar — o‘zimizning tilda, ustalar va do‘konchilar ishlatadigan atamalar bilan.

3platforma — har biri o‘z ishiga moslab qurilgan
1soatda bir marta — o‘zgarishlar avtomatik zaxiralanadi
2valyuta — Zapchast CRM tizimida so‘m va dollar qarzlari alohida
0dastur o‘rnatish — brauzer yetarli

Prorab · Telegram bot

Hisob — cho‘ntagingizda.

Obyektdan turib summani yozing, chekni suratga olib yuboring — yozuv kabinetga o‘zi tushadi. Uy egasi esa har bir yangi xarajatdan shu zahoti xabar oladi.

  • 01
    Tugmalar bilan, tez

    Yozuv turi, obyekt, usta — hammasi tugmada. Klaviatura faqat summa uchun.

  • 02
    Chat doim toza

    Bot har safar yangi xabar yubormaydi — bitta xabar yangilanib boradi.

  • 03
    Uy egasi ishonadi

    Egasi o‘z obyektidagi kirim va xarajatlarni chek bilan ko‘radi — faqat ko‘radi, o‘zgartira olmaydi.

Yozishma — namunaviy

Qanday boshlanadi

Uch qadam — va tartib.

Hech narsa o‘rnatmaysiz, hech qayerga bormaysiz. Birinchi ma’lumotlarni birga kiritamiz.

  1. 01

    Telegramda yozing

    Qaysi platforma kerakligini ayting — tizimni jonli ko‘rsatamiz. Demo bepul.

  2. 02

    Kabinet ochiladi

    Login va parol beramiz, obyekt, tovar yoki loyihalaringizni birga kiritamiz.

  3. 03

    Ishlay boshlaysiz

    Telefonda, kompyuterda yoki Telegramda — qaysi biri qulay bo‘lsa. Hisob o‘zi yig‘ilib boradi.

Savollar

Boshlashdan oldin.

Javob topmadingizmi? Telegramda yozing — savolingizga o‘zimiz javob beramiz.

@khamdamov ga yozish
Qaysi platforma menga kerak?

Qurilish yoki remont obyektlarini boshqarsangiz — Prorab. Uy rejasi, santexnika, isitish yoki elektrika loyihasini chizsangiz — Loyiha. Ehtiyot qismlarni ulgurji sotsangiz — Zapchast CRM. Ikkilansangiz, yozing — birga tanlaymiz.

Dastur o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. Uchala platforma ham brauzerda ishlaydi — telefonda ham, kompyuterda ham. Prorabda qo‘shimcha Telegram bot, Zapchast CRM uchun Android ilova ham bor.

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Har bir kabinet alohida — boshqa foydalanuvchilar ko‘rmaydi. Ulanish HTTPS orqali shifrlanadi, parollar ochiq holda saqlanmaydi, ketma-ket xato urinishlar bloklanadi. Ma’lumotlar har soatda avtomatik zaxiralanadi.

Xodimlarim ham ishlay oladimi?

Ha. Xodim qo‘shib, unga mos rol berasiz: Prorabda xodim yozuv kiritadi, Loyihada kuzatuvchi faqat ko‘radi, Zapchast CRM tizimida har bir ruxsat (sotuv, kassa, prixod…) alohida yoqiladi. Har bir yozuvda uni kim kiritgani ko‘rinib turadi.

Bir nechta platformadan birga foydalansa bo‘ladimi?

Ha. Har bir platformaga alohida kabinet orqali kirasiz — masalan, uy rejasi va smetani Loyihada tayyorlab, obyektning pul hisobini Prorabda yuritasiz.

Qanday boshlayman? Demo pullikmi?

Telegramda @khamdamov ga yozing. Tizimni ko‘rsatamiz, kabinet ochib, birinchi ma’lumotlarni birga kiritamiz. Demo bepul.

Tartibni bugundan boshlang.

Qaysi platforma kerakligini yozing — tizimni ko‘rsatamiz va birga boshlaymiz.

Kabinetingiz bormi? Prorab Loyiha Zapchast CRM